O‘zbekiston poyezdlari va samolyotlarida kutubxonalar tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBukinisticheskie knigi
Bukinisticheskie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasida havo kemasi sahnida yo‘lovchilar uchun namoyish etiladigan media-kontentga audiokitoblar bosqichma-bosqich, ya’ni 2018-yil may oyidan boshlab kiritilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘l poyezdlari hamda samolyotlarda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan radioinssenirovka hamda audiokitoblarni alohida kanalga joylashtirish va yangilab borish rejalashtirilgan, deb xabar qildi Matbuot va axborot agentligi.

Mazkur yangilik O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi hamkorligida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Hozirgi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasida havo kemasi sahnida yo‘lovchilar uchun namoyish etiladigan media-kontentga audiokitoblar bosqichma-bosqich, ya’ni 2018-yil may oyidan boshlab kiritilishi ko‘zda tutilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0