Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston Fargʻonada Davlat chegarasini muhokama qilishdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sleva) i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda vo vremya sovmestnogo fotografirovaniya glav delegatsiy gosudarstv – uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG). Arxivnoye foto
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sleva) i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda vo vremya sovmestnogo fotografirovaniya glav delegatsiy gosudarstv – uchastnikov Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG). Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda Davlat chegarasining ayrim uchastkalar boʻylab oʻtadigan chizigʻi loyihasi koʻrib chiqildi va Shavkat Mirziyoyevning boʻlajak tashrifiga doir masalalar muhokama qilindi.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Fargʻona shahrida 24 fevral kuni Oʻzbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston-Tojikiston Davlat chegarasinining ayrim uchastkalar boʻylab oʻtadigan chizigʻi loyihasi koʻrib chiqildi. Shuningdek, qisqa muddat ichida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

 

Undan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chogʻida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar, bitimlar va shartnomalarni tayyorlash hamda tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

KPP na granitse Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasida aholi uchun qulay post ochildi

Ochiq, doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan samarali muzokaralar davomida delegatsiyalar rahbarlari tomonidan hamkorlikning barcha sohalaridagi Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarining hozirgi darajasiga yuqori baho berildi.

Majlisda qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi natijasida oliy va yuqori darajalardagi aloqalar sezilarli faollashdi, hukumat delegatsiyalari samarali almashinuvi yoʻlga qoʻyildi, hukumatlararo komissiyalar majlislari muvaffaqiyatli oʻtkazildi, Dushanbe va Toshkent shaharlarida sanoat mahsulotlari koʻrgazmalari samarali tashkillashtirildi.

Hukumat aʼzolari, vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etgan komissiyaga Oʻzbekston tomonidan bosh vazir A. Aripov, Tojikiston tomonidan esa Q.Rasulzoda rahbarlik qilishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala