O‘zbekiston Uyi butun dunyoga respublika haqida hikoya qilib beradi

© Sputnik / StringerStend Uzbekistana na vistavke Mitt - 2017. Arxivnoe foto
Stend Uzbekistana na vistavke Mitt - 2017. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga bag‘ishlangan sayyor pavilon dunyoning yirik shaharlarida namoyish etiladi. Loyiha ushbu yil oxirigacha ishga tushishi kerak.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston brendini dunyoda ommaviylashtirish maqsadida yangi tashabbus e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Kann festivali sovrindori O‘zbekiston haqida badiiy film ishlaydi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi O‘zbekiston manfaatlarini targ‘ib qiluvchi va uni keng ommaga tanituvchi ixtisoslashgan ko‘chma ko‘chma pavilon – O‘zbekiston Uyini tashkil qilishni rejalashtirimoqda.

Bugungi kunda ushbu kabi loyihalardan ko‘p mamlakatlar foydalanmoqda. Masalan, Rossiya Davosda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum yoki yirik xalqaro sport musobaqalari kunlarida Rossiya Uyi – ixtisoslashgan ko‘rgazma tashkil qilgan edi. Ushbu tashabbusdan 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ham foydalanish rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Uyi – bu dunyoning yirik shaharlarida ijraga olish rejalashtirilgan hududlardir. U yerda O‘zbekistonning turistik va madaniy-tarixiy salohiyati namoyish etiladi. Har qanday fuqaro u yerga kelib tomosha qilishi va O‘zbekiston bilan tanishishi mumkin. Bu juda qiziq bo‘ladi”, — deydi jamg‘arma loyihalarini amalga oshirish bo‘limi rahbari Timur Kamalov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sayyor pavilon bo‘lib, u shaharma-shahar ko‘chib yuradi. Loyiha ushbu yil oxiriga qadar ishga tushishi rejalashtirilgan. Ayni damda bu borada O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
"Kultura" telekanali O‘zbekiston haqida film namoyish qildi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, barcha manfaatdor tuzilmalar ishtirokida, O‘zbekistonning savdo, sarmoya va turistik potensialini yagona brend ostida targ‘ib qilish borasidagi faoliyatni kuchaytirishni topshirgan edi.

Shuningdek, Mirziyoyev chet eldagi elchilarga O‘zbekistonni yanada faolroq targ‘ib qilishni va  respublikaga imkon qadar ko‘proq sayyohlarni jalb qilishni ham aytib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0