Madaniyat

Oʻzbekistonda xorijlik kinoijodkorlar ishtirokida triller suratga olinadi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaVideooperator
Videooperator - Sputnik Oʻzbekiston
Badiiy filmni suratga olish ishlari Toshkent va Buxoroda hamda Rossiya va Marokash hududlarida boʻlib oʻtadi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin kunlarda Muxlisa Azizova rejissyorligida Scorpion trillerini suratga olish ishlari boshlanadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Babur Zaxireddin Muxammed na miniatyure XVI veka - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Hindistonlik kinoijodkorlar Bobur haqidagi filmni Oʻzbekistonda tasvirga olmoqchi

Film Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, "Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazining qoʻshma qaroriga muvofiq suratga olinadi.

Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi koʻmagida Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Rossiya va Marokash davlatlari hududida boʻlib oʻtadi.

Ijodiy guruhdan xorijlik qator mutaxassislar, jumladan, germaniyalik operator Maks Ttsui oʻrin olgan. U ilgari ham Oʻzbekistonga kelgan boʻlib, Buxoro haqidagi "Welcome to Bukhara" videoroligiga operatorlik qilgan.

Xorijlik kinoijodkorlar suratga olish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahriga yetib kelishgan hamda film loyihasi ustida ish olib bormoqda.

Afsuski, film syujeti hozircha sir tutilmoqda. Lekin loyihada Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi ishtirok etayotgani inobatga olinsa, film oʻtkir syujetli va jangari janrda boʻlishi ehtimoldan yiroq emas.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala