Bugun Uzbek Tigers kubalik bokschilar bilan kuch sinashadi

Obuna bo‘lish
Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida WSB musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli Uzbek Tigers jamoasi Kubaning Cuba Domadores klubiga qarshi ringga chiqadi.

Uzbek Tigers pered poletom v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
"Uzbek Tigers" Kubaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston boks federatsiyasining xabar qilishicha, musobaqaning ochilish marosimi soat 18:30da boshlanadi.

49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov Xoanis Argilagosga qarshi, 56 kg vaznda Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresga qarshi, 64 kg vaznda Iqbol Xoldorov Endi Kruzga qarshi, 75 kg vaznda Isroil Madrimov Arlen Lopesga qarshi va 91 kg vaznda Sanjar Tursunov Erislandi Savonga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0