Sport

Oʻzbekiston "Futbol doʻstlik uchun" loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yil "Futbol doʻstlik uchun" loyihasida Oʻzbekistondan "Lokomotiv" (Toshkent) vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. "Gazprom" kompaniyasi "Futbol doʻstlik uchun" xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini eʼlon qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

Loyihaning qurʼa marosimida terma jamoalarning mamlakatlar boʻyicha tarkibi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning vakillari uchun oʻyin pozitsiyalari aniqlandi. Bitta jamoada har xil millat, har xil jinsdagi va har xil jismoniy imkoniyatga ega sportchilar qatnashadi. Oʻyinchilar yoshi — 12 yosh. Jamoalarni turli mamlakatlardan kelgan 14-16 yoshdagi murabbiylar shugʻullantiradi.

Ilyas Axmedov, uchastnik programmы Futbol dlya drujbы (Football for Friendship) - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Rossiyadagi loyihada ishtirok etadi

Qurʼaga koʻra bu yil Oʻzbekistondan yana darvozabon mazkur loyihada ishtirok etadigan boʻldi. Nomzodlar Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tanlab olinadi.

"Futbol doʻstlik uchun" loyihasining 6-mavsumi rasman ochiq. Bu yil loyihada 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi! Tarixda birinchi marta maydonda dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar oʻzaro roʻbaroʻ boʻlishadi. Bu holat ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro hurmat va tenglik tamoyillarini rivojlanishiga yordam beradi. "Futbol doʻstlik uchun" loyihasining asosiy maqsadi shu", — deydi "Gazprom" OAJ Direktorlar Kengashi raisi Viktor Zubkov.

"Biz FIFAning rasmiy hamkori boʻlgan "Gazprom" kompaniyasining ajoyib tashabbusini qoʻllab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz, — deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura. — Mazkur forum turli mamlakatlardan kelgan oʻgʻil-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. FIFA bunday loyihalarni hamisha qoʻllab-quvvatlab keladi".

Kubok chempionata mira 2018 po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Sputnik futbol boʻyicha jahon chempionatiga bagʻishlangan loyihani yoʻlga qoʻydi

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod oʻrtasida doʻstlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targʻib qilishdan iborat. Mavsumning yakuniy tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida boʻlib oʻtadi.

"Futbol doʻstlik uchun" loyihasining Xalqaro Bolalar matbuot markazida 211 davlatdan kelgan 12 yoshli jurnalistlar musobaqalar haqida xabarlar tayyorlab borishadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil "Futbol doʻstlik uchun" loyihasida Oʻzbekistondan "Lokomotiv" (Toshkent) vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala