Siyosat

Erdogʻanning Toshkentga tashrifi tayyorgarligini hukumatlararo qoʻshma komissiya koʻrib chiqadi

© Pool Photo via APOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek-turk hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar - Mirziyoyev va Erdogʻan oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon qoʻngʻirogʻining asosiy mavzusiga aylandi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan oʻrtasidagi telefon muloqoti davomida Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga boʻlgʻusi oliy darajadagi tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini tashkillashtirish muhimligi eʼtirof etildi. Bu haqda 26 fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar berdi.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Erdoʻgʻon nimalarga kelishib oldi?
Taʼkidlanishicha, Mirziyoyev suhbat avvalida Erdogʻanni tugʻilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta eʼtibori va saʼy-harakatlarini hamda qoʻshayotgan ulkan hissasini alohida qayd etgan.

Erdogʻan Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston rahbari timsolida Oʻzbekiston — Turkiya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy birodar va hamfikrga ega boʻlganini alohida taʼkidlagan.

Shuningdek, Mirziyoyevning 2017 yil oktyabr oyida Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qoʻshma loyihalarni hayotga toʻliq tatbiq etish borasida kelishib olingan.

Shuningdek, suhbat chogʻida ikki mamlakat rahbarlari oʻzbek-turk hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qilishgan, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashishgan.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va qardoshlik aloqalari hamda anʼanaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqlaganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala