Jamiyat

General-polkovnik Zokirjon Almatov yana Ichki ishlar vazirligiga qaytdi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismennыy nabor glavы gosudarstva
Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Poʻlat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Ishchi ishlar vazirining maslahatchisi lavozimiga Zokirjon Almatov tayinlandi, deb xabar qildi ushbu IIV matbuot xizmati.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
IIV: Jamshid Sultonov oʻz vazifasida xizmatini davom ettirayapti

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obroʻga ega boʻlgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritildi.

Ushbu lavozimga Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan hayotiy boy tajribaga ega, koʻp yillar davomida respublikada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga katta hissa qoʻshgan Zokirjon Almatov tayinlandi.

Bugun Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Poʻlat Bobojonov buyruq bilan shaxsiy tarkibni tanishtirdi.

Eslatib oʻtamiz, general-polkovnik Zokirjon Almatov 1991-2005 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala