Jamiyat

Ana bayram: oʻzbekistonliklar mart oyida sal kam ikki hafta dam olishadi

Oʻzbekistonda Navroʻz bayrami munosabati bilan beriladigan 5 kunlik dam olish hisobiga, fuqarolar shu oyning oʻzida 12 kun dam olishlari mumkin boʻladi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami kunlarida uzluksiz 5 kun, umuman mart oyida 12 kun dam oladi. "Qalampir" nashri xabariga asosan.

Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Navroʻz bayramini nishonlash toʻgʻrisida prezident qarori eʼlon qilindi

Oʻzbekiston prezidentining "2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekistonda besh kun — 18 martdan 22 martgacha uzluksiz dam olish kunlari deb eʼlon qilingan.

Hujjatga muvofiq, 19-20 mart hamda 22 mart kunlari ish kunlari boʻlsa-da, bayram munosabati bilan dam olish kuni etib belgilangan. Bunda 19 mart — 17 martdan koʻchirilgan dam olish kuni, 20 mart — qoʻshimcha dam olish kuni, 22 mart — 24 martdan koʻchirilgan dam olish kuni sifatida koʻrsatilgan.

Umuman olganda, mart oyida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda boshqa dam olish kunlarini qoʻshib hisoblaganda 12 kun dam olinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala