Jamiyat

Oʻzbekistonda xalqaro yoshlar oromgohi ochiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishDeti vo vremya kupaniya.
Deti vo vremya kupaniya. - Sputnik Oʻzbekiston
Termez shahrida Fidokorlar koʻchasida joylagan bolalar oromgohi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekin foydalanishga beriladi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli xalqaro festival va anjumanlarni oʻtkazish maqsadida Termezda Xalqaro yoshlar oromgohi tashkil etiladi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Uzbekistan vstrechayet Navruz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ana bayram: oʻzbekistonliklar mart oyida sal kam ikki hafta dam olishadi

Qaror talablariga koʻra, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga shartnoma asosida tekin foydalanishga Termez shahrida Fidokor koʻchasidagi bolalar oromgohi berildi.

Oromgohda har yilgi yoz mavsumi davomida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi oromgohning yil davomida faoliyat yuritishini sifatli tashkil etish maqsadida elektr energiya, tabiiy gaz, suv, kommunal-maishiy xizmatlarni uzluksiz ravishda koʻrsatilishini taʼminlaydi.

Bundan avval Toshkentda tadbirkorlik, turizm, ilm-fan, texnika hamda taʼlim sohalarini rivojlantirishga bagʻishlangan II Oʻzbekiston-Rossiya xalqaro anjuman oʻtkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala