O‘zbekistonda tashkil qilinadigan loukoster MAKning sho‘’ba korxonasi bo‘ladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llari “Aeroflot” tajribasi asosida, arzon parvozlar amalga oshiruvchi aviakompaniya tashkil qiladi

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi “Aeroflot” kompaniyasi tajribasi asosida, loukoster aviakompaniya tashkil qiladi, deb xabar qildi, Milliy aviakompaniya rahbari o‘rinbosari Toshkentdagi Xalqaro press-klubda.

“Biz hozir xalqaro tajribani o‘rganmoqdamiz va loukoster kompaniyasini sertifikatlash dasturini tuzmoqdamiz. Ushbu masala yil oxiriga qadar yakuniga yetkaziladi”, — dedi Umid Husanov, turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan anjumanda.

Husanov aytishiga qaraganda, bu borada Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi tashkil qilgan “Pobeda” loukosteri tajribasi Milliy aviakompaniya uchun qiziq.

Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshiradi

“Bizning loukoster ham “O‘zbekiston Havo yo‘llari”ning sho‘’ba korxonasi sifatida tashkil qilinadi, — dedi Husanov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, Shavkat Mirziyoyev fevral oyining boshida Qarshi aeroportiga “ochiq osmon” maqomini berish va u yerga loukoster aviakompaniyalarni ham qabul qilish imkonini yaratish haqida farmon imzolagan edi.

“O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK – bugun O‘zbekistonda yagona aviakompaniya bo‘lib, u respublikadagi  barcha havo transporti infraqurilma obyektlari va fuqaro aviatsiyasi samolyotlarni boshqaradi. Bugungi kunda kompaniya parkida 30dan ortiq xorijda ishlab chiqarilgan samolyotlar bor. MDH va xorijiy davlatlarning 40dan ortiq shaharlariga doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Milliy aviakomaniya 2021-yilga kelib yo‘lovchilar oqimini 1,3 baravar oshirishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0