Xotin-qizlarning chet elga ishga ketishi tufayli oilalar buzilmoqda - sudya Norov

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Farmonidan keyin Samarqand viloyatida ayollarga manzilli ko‘mak berish ishlari boshlab yuborildi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Xotin-qizlarning chet elga ishga ketishi oila buzilishida asosiy omillardan biri bo‘lmoqda, deb ta’kidladi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi B.Norov Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidentining "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "ZAGS"lar ajrimlarning oldini olish bilan shug‘ullanadi
Yig‘ilishda Samarqand shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, FHDYo bo‘limlari mudiralari, korxona, ta’lim muassasalari boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Fafurova ayni vaqtda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 19 ming 148 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilgani va ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy ahvoli o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

G‘ofurovaga ko‘ra, mavjud 4 ta sektor kesimida ijtimoiy sharoiti og‘ir 678 nafar xotin-qizga manzilli yordam berish va ularni ish bilan ta’minlash, hunarmandchilikka, tadbirkorlikka jalb etish choralari ko‘rilmoqda.

Yig‘ilishda shuningdek, shahar ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura vakillari tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning sabablari tahlil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0