O‘zbekistonda fevralda nima arzonlab, nima qimmatladi

Obuna bo‘lish
Fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi narxi tushgan

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. 2018-yilning fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi narxi tushgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, 2018-yilning fevral oyida iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,3 va xizmatlar narxi 0,7 foizga oshgan.

O‘tgan oyda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashgani qayd etilgan. Jumladan, tuxum o‘rtacha 10,5, shakar 3, tovuq go‘shti 1,3, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonlashgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari orasida olma narxi sezilarli darajada (6,1 foiz) hamda quritilgan mevalar (4,8 foiz) qimmatlashgan.

Torgovlya na optovo-roznichnom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Kartoshka uchun bojxona to‘lovi to‘lanmaydigan bo‘ldi

Qovoq narxi bir oyda 10 foizga, pomidor 14 va bodring narxi 11,7 foizga ko‘tarilgan.

Kartoshka va piyoz narxi esa mos ravishda 2,7 va 2,3 foizga arzonlashgan.

Mol va qo‘y go‘shti narxlari 3 foizga, tirik va sovutilgan baliq 7,2 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, fevralda bir kilo mol go‘shtining eng yuqori o‘rtacha narxi (suyaksiz go‘shtdan tashqari) 36967 so‘mni (Toshkent shahrida), eng past o‘rtacha narxi 29725 so‘mni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), bir kilo suyaksiz mol go‘shtining yuqori o‘rtacha narxi 44868 so‘mni (Toshkent shahri), eng past o‘rtacha narxi 39 ming so‘mni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha eng qimmat va eng arzon kartoshka narxi orasidagi tafovut 1,2 baravar bo‘lgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3843 so‘m, Jizzax viloyatida 3272 so‘m).

O‘n dona tuxumning eng qimmat o‘rtacha narxi 6655 so‘m (Sirdaryo viloyati), eng arzon o‘rtacha narxi 5500 so‘m (Andijon viloyati) bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0