Toshkent aeroportida yangi terminal aprel oyining oxirida ishga tushadi

Obuna bo‘lish
Yangi terminal mahalliy yo‘nalishlar aerovokzali binosi o‘rnida quriladi va yo‘lovchilarga tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida yaqin ikki oy ichida yangi terminal ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Xalqaro yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatuvchi terminal 1 soatda 500dan ortiq yo‘lovchi qabul qilishi mumkin. Bu yerda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Biz to‘rtta yuk o‘tkazish yo‘lagi qurayapmiz. Ularning har birida bagaj qaysi parvozga taaluqli ekanligigi ko‘rsatiladi. Bu xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib uni jahan standartlarigacha yetkazish imkonini beradi”, — dedi O‘zbekiston havo yo‘llari rahbarining birinchi o‘rinbosari, xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Milliy aviakompaniya yangi terminalda bir necha innovatsion loyihalarni ishga tushirishni hamda WiFi aloqasi sifatini yaxshilashni rejalashtirgan. Shu bilan bir vaqtda yangi terminal paydo bo‘lishi, hozir ishlayotgan terminal faoliyati to‘xtatiladi degani emas.

Janubiy Koreya Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal quradi

“Hozir ishlayotgan “Toshkent-2” terminali faoliyatini vaqt talablariga ko‘ra takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Yo‘lovchilar o‘tish tezligini oshirish maqsadida, biz barcha xodimlarni, jumladan bojxona nazoratchilarini ham, qo‘shimcha tayyorlovdan o‘tkazamiz”, — dedi Husanov.

Toshkent xalqaro aeroporti – bu O‘rta Osiyodagi eng yirik aviatsiya majmuasidir. Uning tarkibiga havo kemalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tuzilmalar kiradi.

Aeroportda barcha samolyot turlarini qabul qilish imkoniga ega bo‘lgan, xalqaro ICAO standartining ikkinchi kategoriyasiga kiruvchi, ikkita uchish-qo‘nish yo‘laklari bor. Shuningdek, aeroport uzoq va o‘rta masofalarga uchuvchi samolyotlar turar joylari bilan jihozlangan, umumiy maydoni 100-110 gektar bo‘lgan, perron bor.

 

Yangiliklar lentasi
0