Jamiyat

Bosh prokuratura Toshkent viloyatining ikki sobiq prokurori ushlanganini maʼlum qildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokuratura tomonidan qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari oʻtkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi

TOSHKENT, 2 mart – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi respublika sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi haqida tarqatilayotgan axborotlar foydalanuvchilarda tergov tafsilotlari borasida turli fikr va mulohazalarni keltirib chiqarayotganligini bildirdi.

Shu munosabat bilan, Bosh prokuratura Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq tergov organi dastlabki tergovni olib borish vaqtida jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli ekanligini maʼlum qildi.

Rassmotreniye xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Cobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan qator moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

"Bu turdagi maʼlumotlar tergovning sifatli, toʻla va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek jinoyat izlarining yoʻq qilinishi, jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar, vositalarning yashirilishi, tergov organlarining haqiqatni aniqlash borasidagi faoliyatiga toʻsqinlik qilinishi yoki tergov jarayonini qiyinlashtiruvchi boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida oshkor qilinmaydi", — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan.

Bildirilishicha, bu kabi axborotlarni eʼlon qilish tezkor tadbirlar va dastlabki tergovga ziyon yetkazishi, aybdor shaxslarni oʻz vaqtida fosh etish va ushlashga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Bosh prokuratura tomonidan qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari oʻtkazilayotgan jinoyat ishi doirasida R.Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha bosh prokurorning sobiq oʻrinbosarlari hamda Toshkent viloyatining sobiq prokurorlari J.Fayziyev va U.Sunnatov ushlangan.

Bosh prokuratura mazkur jinoyat ishi boʻyicha tergov sirini tashkil qilmaydigan qoʻshimcha axborotlar vujudga kelishi barobarida Bosh prokuratura rasmiy saytida tegishli maʼlumotlar chop etib borilishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala