O‘zbekistonlik bodibilder havaskorlar orasida jahon chempioni bo‘ldi

© Foto: Lola Karimova-Tillyayeva/ facebook Mixail Volinkin - absolyutniy chempion po bodibildingu sredi lyubiteley v turnire Arnold Classic-2018
Mixail Volinkin - absolyutniy chempion po bodibildingu sredi lyubiteley v turnire Arnold Classic-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda bo‘lib o‘tgan “Arnold Classic” turniri tarixida birinchi bor Markaziy osiyolik sportchi turnir g‘olibi bo‘ldi.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. Amerikaning Ogayyo shatati, Kolumbus shahrida bo‘lib o‘tgan “Arnold klassik-2018” musobaqasida  O‘zbekistonlik atlet Mixail Volinkin bodibilding bo‘yicha havaskorlar orasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi, bu haqida Lola Karimova-Tillayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Mixail ushbu nufuzli g‘alabani qo‘lga kiritgan birnchi O‘rta osiyolik sportchi bo‘ldi. Bundan buyon ushbu sportchi professional atletlar musobaqalarida ishtirok etadi.

“Mixail Volinkinning g‘alabasi boshqa yosh sportchilarga ulkan ilhom bag‘ishlaydi. Axir uning g‘alabasi, uning mehribonlik uyidan chempionlikka qadar bo‘lgan butun umr yo‘li – boshqa ana shunga o‘xshash, yoshligidan ota-onasiz qolgan bolalar yuraklarini ishonch bilan to‘ldiradi”, — dedi Lola Karimova.

Undan tashqari Arnolds Sports Festivalda yana bir o‘zbekistonlik sportchi Olesya Gureyeva ham masresling bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.

© FacebookUzbekskie bodibilderi v SShA
Uzbekskie bodibilderi v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskie bodibilderi v SShA

Lola Karimova-Tillayeva aytishiga qaraganda, bugungi erishilgan muvaffaqiyatda uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayevning ham o‘rni bor, chunki u ko‘p yilllar davomida O‘zbekistonda ushbu sport turi rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.

Musobaqadan so‘ng, Mixail Volinkin butun O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatlashgani, uning nomiga duolar qilishgani uchun chin yurakdan minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0