Yunusobodda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Avtomobillar jiddiy shikastlanishiga qaramasdan, YTH ishtirokchilari omon qoldi.

TOShKENT, 4 mar – Sputnik. O‘tgan tun soat 00:15larda, Yunusobod tumani, Sharof Rashidov ko‘chasidagi “Transtexbutlash” MChJ qarama-qarshisida “Neksiya 3” avtomobili “Kobalt” bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar qilmoqda guvd.uz.

YTH oqibatida “Neksiya 3” avtomobili katta tezlikda yon tomoni bilan simog‘ochga borib urilgan va jiddiy shikastlangan. “Kobalt” avtomobilining old tomoni shikastlangan.

Baxtli tasodif tufayli ikkala avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilari omon qolgan. Ular turli hil tan jarohatlari bilan 7 sonli kasalxonaga joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0