Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi qoldirildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSIZO
SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmon Haqnazarov taxallusi bilan maqolalar yozib kelgan jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston hukumatini kuch bilan egallab olishda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda OAVlarning aksariyati

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bobomurod Abdullayevning sudi keyinga qoldirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston
AQSh elchixonasi vijdon mahkumlari ozodlikka chiqarilganidan mamnunligini bildirdi
"Bugun, 5-mart kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev ustidan bo‘lishi kerak bo‘lgan sud jarayoni qoldirildi", — dedi muxbir.

Muxbir xabariga ko‘ra, sud 7-mart sanasiga 14:30ga belgilangan.

Ilgariroq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarda ayblanayotgan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Xayotxon Nasretdinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan sud ishi Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Zafar Nurmatov va xalq maslahatchilari tarkibida ko‘rib chiqilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0