Analitika

Baranets: amerikalik generallar Putinning murojaatini ogʻizlarini ochib tomosha qilishgan

© Foto : Photo: courtesy of Viktor BaranetsViktor Baranets
Viktor Baranets - Sputnik Oʻzbekiston
"Komsomolskaya pravda" nashrining harbiy tahlilchisi, isteʼfodagi polkovnik Viktor Baranets prezident Vladimir Putinning Federal kengashga murojaatida nima uchun qurol-aslahaga urgʻu berilgani va amerika generallarining bunga munosabati haqida gapirdi

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Amerikalik generallar Putinning murojaatini ogʻizlarini ochib tomosha qilishgan, Sputnik radiosi efirida harbiy tahlilchi Viktor Baranets.

Yejegodnoye poslaniye prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Rossiya uchun eng asosiy tahdid va dushmanni maʼlum qildi
Ekspertga koʻra, bugungi kunda hech bir ikkilanishsiz aytish mumkin-ki, aynan Putinning rahbarligi davrida Rossiya qurollari zamonaviylashdi,  va bu holatni hatto opponentlar ham inkor eta olmaydi.

"Nima boʻldiki, harbiy komponent Rossiya prezidentining Federal kengashiga murojaatining yadrosini tashkil etdi… Putinning bu bayonoti u bizning armiyamiz va mudofaa majmuamizni nimaga olib kelgani va uning barcha tahdidlarga qarshi javob qaytarishga tayyorligi haqida", — dedi Viktor Baranets.

Ekspert Rossiya yetakchisi oʻz murojaatnomasida nafaqat Rossiya Federal kengashi, balki AQSH Kongressi, shuningdek, NATO shtab-kvartirasiga ham murojaat etganini tushuntirdi.

Gʻarbning bu murojaatga reaktsiyasi ayyyorona va yolgʻonga sugʻorilgan boʻldi, deydi Baranets. Ekspert bunda Gʻarbning "Putinning soʻzlaridan hayratlanmagani va barchasi haqida avvaldan bilishlari" haqidagi bayonotlarini nazarda tutayotganini aytdi.

"Ammo amerikalik generallar Putinning chiqishini ogʻizlarini ochib tomosha qilishganini aytishmoqda", — deb qoʻshimcha qildi isteʼfodagi polkovnik.

Baranets, bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar bugungi kunda "sovuq urush"ning eng qizgʻin pallasida ekanligini taʼkidlagan holda, Rossiya prezidenti mamlakat armiyasining qayta qurollantirilgani haqidagi yangilikni vaqtida eʼlon qilganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala