Kun videosi: Putin Kremlda to‘p tepish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi

Obuna bo‘lish
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga 100 kun vaqt qoldi

Shu munosabat bilan FIFA tashkilotining internetdagi rasmiy sahifasida ko‘plab futbol yulduzlari ishtirok etgan yangi video rolik paydo bo‘ldi.

Mazkur rolikda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va FIFA prezidenti Janni Infantinolarni ham ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, rolikda Diyego Maradona, Peter Shmeyxel, Ronaldo, Ueyn Runi, Diyego Forlan, Miroslav Kloze va David Trezege kabi mashhur futbolchilar ham qatnashishdi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 final bosqichi 2018-yilning 14-iyun kunidan 15-iyul kuniga qadar Rossiyaning 11 shahridagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0