Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an may oyida O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida ko‘plab masalalar hamda Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida imzolangan kelishuvlarning ijrosi sarhisob qilinadi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an shu yil may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik xabar qildi. 

Tashrif davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya sohalarida ko‘plab masalalar hamda Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida imzolangan kelishuvlarning ijrosi sarhisob qilinadi.

"Tashrif shu yil may oyida rejalashtirilgan. Tomonlar kelgusida aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha ulkan istiqbollarga ega", — deb ta’kidladi  "Turkiya-O‘zbekiston" parlamentlararo do‘stlik guruhi vakili Xaydar Ali Yildiz Xalqaro press-klub yig‘ilishida.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdog‘anning Toshkentga tashrifi tayyorgarligini hukumatlararo qo‘shma komissiya ko‘rib chiqadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi yillarda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada jadalashtirildi, va bu ayniqsa O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga tashrif buyurgandan so‘ng yanada faollashdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oktabr oyida amalga oshirilgan tashrif davomida savdo-sotiq, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm va boshqa sohalar bo‘yicha jami 3,5 milliard dollarlik kelishuvlar imzolandi.

Bundan tashqari, prezidentlar kelgusi vaqtda o‘zaro tashqi savdo aylanuv hajmini yiliga 3-4 milliard dollarga yetkazish zarurligi haqida fikr bildirishdi.

O‘zbekistonga Erdog‘an tashrif kun tartibi Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida batafsil muhokama qilinadi.

Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori hisoblanadi. 2016-yilda tashqi savdo aylanuv hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil qildi. Bugungi kunda o‘zaro tashqi savdo aylanuvi 29 % ga ko‘paydi. Respublikada 500 ga yaqin turk kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda so‘ngi vaqtda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 20 tadan ortiq korxonalar tashkil qilindi hamda 53 ta korxona vakolatxonalari ochildi.

Yangiliklar lentasi
0