Zulfiya mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi

© DarakchiJizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovrindorlarning har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi

TOShKENT, 7 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Shuningdek, "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq, sovrindorlarning har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Prezident qaroriga asosan, quyidagilar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadilar:

Djullibayeva Shahodat Kuralbay qizi — Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;

V Djizake otkrili memorialniy kompleks Xamida Alimdjana i Zulfii - Sputnik O‘zbekiston
"Zulfiya"chi qizlarning yoshi sakkiz yoshga uzaytirildi

Utemuratova Nargiza Aliyevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus madaniyat va san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi;

Axmedova Dilrabo Obid qizi — Andijon davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Obidjonova E’zoza Akmaljon qizi — Andijon viloyati Marhamat qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi;

Baxshilloyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi — Buxoro san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi;

Bozorova Safiya Safar qizi — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi;

Abdullayeva Visola Ubaydulla qizi — Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi;

Shokirova Aziza Ilhom qizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;

Neymatova Yulduz Qosim qizi — Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi;

Choriyeva Malika Shuxratovna — Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi;

A’zamova Munisa Akram qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati);

Mannonova Mahliyo Hafiz qizi — Navoiy viloyati Uchquduq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabining dzudo bo‘yicha murabbiyi;

Yoqubjonova Shaxnoza To‘lqinjon qizi — Namangan san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi;

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internat ochildi

Sayfiddinova Mushtariybegim Faxriddin qizi — Namangan davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Samatboyeva Maftuna Tulqinjon qizi — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi;

Yaxshiliqova Ra’no Ilhomiddin qizi — Samarqand viloyati Qo‘shrabot qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi;

Isoqova Gulchiroy O‘ktam qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Mamirova Madinabonu Erkin qizi — Sirdaryo viloyati Guliston san’at kollejining 2-bosqich o‘quvchisi;

Sahiyeva Matluba Toshpulat qizi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Kengashi qoshidagi "Salomatlik va ekologiya" markazi rahbari;

Shaymardanova Muxlisa Usmanovna — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi;

Karimova Muxtasar Dilshod-qizi — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

Umirzakova Iroda Abdigapbar qizi — Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi;

Djorayeva Sevara Muratjanovna — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 10-sinf o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati);

Ermatova Zulayxo Rustamjon-qizi — Farg‘ona politexnika institutining 2-bosqich talabasi;

Turkmenskie devushki - uchashiyesya meditsinskogo uchilisha - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek qizlari “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlandi

Abdikarimova Zuxra Baxromovna — Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Yusupova Shoxida Umidjon qizi — Xorazm viloyati Yangibozor pedagogika va sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi;

Abdullayeva Inoyatxon Bunyot qizi — V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi;

Abdusattorova Baxora Fazliddinovna — O‘zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Taqdirlanuvchilar ro‘yxati O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0