Dunyoda

Putin: Ukraina voqealari vaqtida AQSH Rossiyani surbetlarcha aldagan

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s generalnыm direktorom RFPI K. Dmitriyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s generalnыm direktorom RFPI K. Dmitriyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin junalist Vladimir Solovyevga bergan intervyusida Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan ishlatilgan yolgʻonlar va Ukrainada qanday qilib davlat toʻntarishi yuz bergani haqida soʻzladi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. AQSH Ukrainadagi inqiloblar oldidan AQSH Rossiyani "qoʻpol va surbetlarcha" aldadi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

AQSH va Ukraina bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukraina AQShdan himoya soʻradi
"Amerikalik hamkorlarimiz bizga murojaat qilib, men hozir sizlarga ularning iltimosini soʻzma-soʻz keltirayapman, Yanukovich armiyani ishga solmay turishi uchun bizdan yordam soʻrashdi, toki bu oppozitsiya maydonlar, maʼmuriy binolarni boʻshatib, holatni normallashtirish borasida erishilgan kelishuvlarni bajarishga kirishishi uchun kerak edi. Ular bu borada bor imkoniyatimizni ishga solishimizni iltimos qildi", — dedi Putin "Jahondagi tartib 2018" filmida jurnalist Vladimir Solovyevga bergan intervyusida.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiya rozi boʻlgan, bir kundan keyin esa Ukrainada davlat toʻntarishi yuz bergan.

"Hech boʻlmasa telefon qilishmaydimi, hech boʻlmasa nimadir qilishmaydimi, bir soʻz aytishsa ham mayliga edi. Hech boʻlmasa aytishmaydimi — bilasizmi, ijrochi ekstsessi degan tushuncha bor, — biz buni xohlamagandik, lekin voqealar shunday (rivoj topdi), lekin biz hammasini oʻz joyiga qaytarish uchun bor harakatimizni qilamiz. Bir soʻz ham aytishgani yoʻq, aksincha, davlat toʻntarishini amalga oshirganlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlash boʻldi", — dedi Putin.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin "Rossiya ishi" boʻyicha AQShdan rasmiy hujjat talab qildi

Rossiya prezidenti Amerika bu toʻntarishni deyarli oʻz qoʻllari bilan sodir etganini taʼkidlab, u shuning uchun bugungi kunda hozirgi kiyev hukumatini qoʻllab-quvvatlashga majburligini qoʻshimcha qildi.

Rossiya yetakchisi bu voqea amerikalik hamkorlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan birinchi jiddiy yolgʻon boʻlganini aytdi. "Shunday qoʻpol va surbetlarcha, birinchi marta. Keling bunday qilamiz, deya haqiqatda hammasini boshqacha qilish holati, va bu borada hatto nimadir deb izoh bermaslik, bunaqasi hali boʻlmagan", — qoʻshimcha qildi Putin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala