Qutqaruvchilar ekshn-kameralar bilan jihozlandi

Obuna bo‘lish
Ushbu kameralar kelajakda qutqaruvchi harakatini tahlil qilish va qutqaruv tadbirlarini yanada samaraliroq o‘tkazish imkonini beradi.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mart oyining oxiriga qadar qutqaruvchilarni ekshn-kameralar bilan ta’minlaydi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

“Kameralar qidiruv-qutqaruv jarayonlarini va boshqa ishlarni amalga oshirishda qutqaruvchilarning harakatlarini tahlil qilishga, ularning xatosini aniqlashga yordam berib, bu o‘z navbatida kelgusidagi qutqaruv tadbirlarini bexato va samarali bajarish imkonini beradi”, — deyilgan xabarda.

Andijon, Buxoro, Namangan, Toshkent viloyatlari qutqaruv tuzilmalari ekshn-kameralardan foydalanishni boshlashdi. Ushbu kameralar yordamida qutqaruvchilar o‘z ishidan chalg‘imasdan, aholiga yordam berish tadbirlari hamda qutqaruv jarayonlarini tasvirga olishlari mumkin.

Ekshn-kamera – bu ixcham yasalgan raqamli kamera bo‘lib, u har qanday sharoitda to‘xtovsiz va sifatli tasvirga olishi mumkin. Kamera kaska yoki kiyim-kechak elementlariga osonlikcha o‘rnatilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0