Post-patrul xizmati xodimlari videokamera bilan ta’minlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUstanovka veb-kameri
Ustanovka veb-kameri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB o‘z xodimlari uchun 2 ming donadan ortiq videokameralar sotib olishni rejalashtirgan. Ular yordamida xodimlarning aholi bilan muloqoti yozib olinadi.

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Toshkent shahrida ushbu yilning sentbar oyiga qadar patrul-post xizmati xodimlari mobil videokameralar bilan jihozlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida jurnalistlarga IIV yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov xabar qildi.

 

“Bu, post-patrul xizmati xodimlarini kameralar bilan jihozlash loyihasi doirasida sotib olinadigan birinchi partiya bo‘ladi xolos. Ayni damda biz ushbu loyiha ustida ishlayapmiz, xorijiy tajribani o‘rganayapmiz va kameralarni yetkazib beruvchini tanlamoqdamiz. Bu oson ish emas, uni har tomonlama chuqur o‘ylab bajarish kerak”, — dedi Bozorov.

Mobil kameralar ichki ishlar xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish jarayonini, ayniqsa ularning fuqarolar bilan muloqot qilishini qayd qilib boradi.  Bularning hammasi poraxo‘rlik va xizmat vazifalarini suistemol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiqda foto va video kuzatuv moslamalari ishga tushirildi

Bundan biroz oldin Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev poytaxt ichki ishlar xodimlari uchun ana shunday kameralardan 2 ming dona sotib olish rejalashtirilgani haqida aytib o‘tgan edi. Kameralar borasida IIBB Xitoy, Janubiy Koreya va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini o‘rganib chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, IIBB xodimlarini kameralar bilan ta’minlash haqida dastlab Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Oliy Majlis deputatlari oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan edi.

Huquqni saqlash organlari xodimlarini kameralar bilan jihozlash tajribasi Yevropada juda yaxshi natijalarga olib kelgan edi. Xususan kameralar tadbiq etilganidan so‘ng Buyuk Britaniya politsiyasi xodimlariga ustidan tushayotgan shikoyatlar soni 93%ga kamaygan edi. Ana shunday kameralar bilan jihozlash tajribasi Rossiya, Belorussiya va MDHning boshqa mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0