Sport

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi Keniyaga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazadi

© AFCSbornaya Uzbekistana U23
Sbornaya Uzbekistana U23 - Sputnik Oʻzbekiston
23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Fargʻonada Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston OTJ keniyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida Keniya U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradigan boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobilistы ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston gʻalaba bilan qaytgan futbolchilarni qahramonlardek kutib oldi

"Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Tokioda boʻladigan Olimpiadaga yoʻllanma olish vazifasi qoʻyilgan. Shu sababli ular Olimpiya oʻyinlari saralashiga jiddiy tayyorgarlik koʻrishi uchun kuchliroq raqib bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Saudiya Arabistoniga hurmat saqlagan holda shuni taʼkidlash kerakki, ushbu terma jamoa Osiyo vakili. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi esa Osiyoda tengsiz ekanini Xitoydagi musobaqada isbotlab boʻldi.

Shu sababdan Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi Oʻzbekiston OTJ uchun kuchliroq raqib topish boʻyicha muzokaralarni davom ettirdi va Afrikaning kuchli terma jamoalaridan biri boʻlgan Keniya U-23 terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning aytishicha, 23 mart kuni Andijonda, 26 mart kuni esa Fargʻonada Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston OTJ keniyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi. Har ikki oʻyin soat 20.00da boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala