Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ikki mamlakat delegatsiyalari vakillarining tor va keng doiradagi muzokaralari doirasida mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikning turli sohalarida 25dan ortiq hujjat imzolandi

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Doʻstlik va yaxshi qoʻshnilikni mustahkamlash toʻgʻrisida qoʻshma bayonot, Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari vakillarining tor va keng doiradagi muzokaralari doirasida mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikning turli sohalarida quyidagi hujjatlar imzolandi:

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida xalqaro avtomobil tashuvlari toʻgʻrisidagi kelishuv;

Pervыy poyezd na uzbeksko-tadjikskoy jeleznoy doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev va Rahmon ikki mamlakatni bogʻlovchi temir yoʻlni ochib berishdi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida havo transporti toʻgʻrisida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida Farhod suv ombori faoliyatini taʼminlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro qatnovlari toʻgʻrisida bitim;

Tojikiston va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik dasturi;

Dushanbe shahar hokimiyati ijroiya organi va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida daromad va kapitaldan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish va soliqdan qochishni oldini olish toʻgʻrisidagi bitim.

Prezidentы Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida hal qilinmagan masalalar qolmadi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida harbiy, maxsus yuk va harbiy kontingentni tomonlar davlatlari hududi orqali tranzit qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻrtasida harbiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaTseremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana
Tseremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston
Tseremoniya podpisaniya soglasheniya mejdu delegatsiyami Uzbekistana i Tadjikistana

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida sarmoyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va xavfsizlik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati Arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi oʻrtasida kelishuv;

Tojikiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida aholi salomatligi va aholini himoyalash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Rahmonni Oʻzbekistonga taklif etdi

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida 1996 yil 10 yanvardagi erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimga tovarlarni erkin savdodan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol;

Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida tovarlar va transport vositalarini tashish jarayonida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati va Tojikiston Respublikasi Bojxona xizmati oʻrtasida bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi bojxona xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati oʻrtasida Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida oʻzaro tovarlarni tashish toʻgʻrisida axborot almashinuvi toʻgʻrisida protokol;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim.

Tojikiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida chegara xodimlarining faoliyati toʻgʻrisidagi bitim;

Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik dasturi;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti oʻrtasida memorandum.

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Dushanbe

Hujjatlarni imzolash marosimidan soʻng davlat rahbarlari kengaytirilgan matbuot anjumanini oʻtkazdilar. Matbuot anjumanida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar doʻstona, ochiq va amaliy ruhda oʻtganini, muloqotlar natijasidan mamnunligini taʼkidladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida hal qilinmagan masalalar qolmaganini taʼkidladi. Prezident Emomali Rahmon bu fikrni toʻla qoʻllab-quvvatladi.

Yangiliklar lentasi
0