Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Uchrashuvda Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi oʻzaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida qanday hujjatlar imzolandi

Uchrashuvda Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi oʻzaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha yakdil kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.

Oliy darajada imzolangan hujjatlarni ratifikatsiya qilish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga toʻtalib oʻtildi. Qonun chiqaruvchi organlardagi doʻstlik guruhlari ishini faollashtirish, oʻzaro tashriflar va tajriba almashinuvni koʻpaytirish zarurligi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Tashrif doirasida ikki mamlakat oʻrtasida 25dan ortiq hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala