Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta RUZShavkat Mirziyoyev i Koxir Rasulzoda
Shavkat Mirziyoyev i Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston parlamenti palata raisini qabul qildi

Muloqotda kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka doir barcha masalalar hal etilib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik kabi sohalardagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha imzolangan hujjatlar yuqori baholandi.

"Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejasi ikki mamlakat hukumatlariga katta mas’uliyat yuklaydi. Muloqotda mazkur kelishuvlarni bajarish, savdo aylanmasini ko‘paytirish va tarkibini diversifikatsiya qilish, biznes uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na vstreche v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi. 

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi sifatida o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘yicha takliflar tayyorlashga alohida ahamiyat berishini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari va yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, tranzit yuk tashishni ko‘paytirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha 27 hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0