Leonid Yakubovich Buxoroga keldi

© livebukhara.uzLeonid Yakubovich posetil Buxaru
Leonid Yakubovich posetil Buxaru - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Birinchi kanal”dagi “Pole Chudes” ko‘rsatuvining mashhur teleboshlovchisi Buxoroga tashrif buyurdi

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. O‘tgan juma-shanba kunlari Leonid Yakubovich Buxoroda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda LiveBukhara.uz sahifasi.

“9-10 mart kunlari “Rossiya yahudiylar kongressi” delegatsiyasi Buxoroga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga kongress direktori Yuriy Kannerov boshchilik qildi. Mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich unga hamrohlik qildi”, — deyilgan xabarda.

Buxoroda mehmonlar mahalliy yahudiylar jamoati vakillari bilan uchrashishdi, yahudiylar madaniy markaziga tashrif buyurishdi. Buxoro hokimi Karim Kamolov mehmonlarni shahar obidalari bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng mehmonlar viloyat Yoshlar markaziga tashrif buyurishdi hamda hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borishdi.

Yangiliklar lentasi
0