Jamiyat

Rossiya gipertovush tezligida uchadigan raketani sinovdan oʻtkazdi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMiG-31 VKS provel uchebnыy pusk giperzvukovoy raketы "Kinjal"
MiG-31 VKS provel uchebnыy pusk giperzvukovoy raketы Kinjal - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Janubiy harbiy okrugda MiG-31 qiruvchi samolyotidan uchirilgan “Xanjar” gipertovush reketasi nishonga muvaffaqiyatli zarba berdi.

TOSHKENT, 11 mar Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiyaning nishonga aniq zarba beruvchi yangi quroli — “Xanjar” gipertovush reketasi sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

“Rossiya Havo-kosmik kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti ekipaji belgilangan hududda gipertovush “Xanjar” gipertovush reketasining harbiy-oʻquv uchirish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi”, — deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

Xabarda aytilishiga koʻra, MiG-31 qiruvchi samolyoti Janubiy harbiy okrugdagi aerodromlardan biridan uchib chiqqan, gipertovush raketa uchirish jarayoni belgilangan tartibda oʻtgan va u harbiy poligondagi nishonga muvaffaqiyatli zarba bergan. Raketa uchirish jarayonida uning taktik-texnik xususiyatlari tasdiqlangan. “Xanjar” topshiriqni belgilangan vaqt ichida bajargan.

Eslatib oʻtamiz, “Xanjar” gipertovush tezligida uchadigan va nishonga aniq zarba beradigan raketa majmuasi haqida, 1 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xabar bergan edi. Oʻshanda kompyuter grafikasi yordamida tayyorlangan videolavha namoyish etilgan edi. Ayni damda esa, “Xanjar” Janubiy okrugda jangovar navbatchilikka qoʻyilgani tasdiqlandi.

“Xanjar” raketa majmuasi 2000 km masofadagi nishonlarga zarba berishi mumkin. Raketa gipertovush tezligida, yaʼni tovush tezligidan 10 baravar tez uchadi va pavoz davomida manyovr qilib boradi. Ushbu xususiyatlar raketani bugungi kunda maʼlum boʻlgan har qanday mudofaa tizimini yengib oʻtishini kafolatlaydi.

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMiG-31 qiruvchi samolyoti va “Xanjar” gipertovush reketasi
MiG-31 VKS provel uchebnыy pusk giperzvukovoy raketы Kinjal - Sputnik Oʻzbekiston
MiG-31 qiruvchi samolyoti va “Xanjar” gipertovush reketasi

 

Yangiliklar lentasi
0