Toshkentda 12-martdan YHXBning yangi imtihon olish va qayd qilish bo‘limi ishga tushadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishvoditelskoe udostoverenie
voditelskoe udostoverenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vodil ko‘chasi 54-uy manzilida ochilgan RIB Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Toshkent shahrida YXHBning yangi imtihon olish va qayd qilish bo‘limi ochildi, deb xabar qilmoqda poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

“Fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida, 2018-yilning 12-mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yana bir ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasi ochilmoqda. Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi”, — deyilgan xabarda.

Shuningdek, 12-martdan boshlab Yakkasaroy tumani aholisi Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MChJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
YHXB Facebookda o‘z kanalini ochdi

Bu esa o‘z navbatida Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqarishiga olib kelishi kerak.

Shuningdek, Toshkent shaxar Yo‘l Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida xaftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtixon olish bo‘linmasida ta’mirlash ishlari tufayli 19-mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Undan tashqari barcha bo‘lim va bo‘linmalarda qo‘shimcha ravishda jamg‘arma kassalarining darchalari ochildi. Shuningdek transport vositalarni agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha xodim va vositalar jalb etildi.

Fuqarolarning xaydovchilik guvoxnomalarini yangi namunadagi milliy xaydovchilig guvoxnomalariga almashtirish uchun qo‘shimcha xonalar tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0