Oʻzbekiston TIV saytida tojik tilida yangiliklar boʻlimi ishga tushirildi

Endilikda Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi tojik fuqarolari Oʻzbekistonning siyosiy-ijtimoiy hayotida yuz berayotgan soʻnggi yangiliklardan Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi saytida oʻz ona tilida oʻqib, bahramand boʻlishlari mumkin

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi oʻzining rasmiy veb-saytida tojik tilida yoritilib boriladigan yangiliklar boʻlimini tashkil qildi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻhoʻ: Mirziyoyevning tarixiy tashabbusi, Bobomurod Abdullayev sudi, AQSH razvedkasi bayonoti
Yangiliklar boʻlimidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi, shuningdek, oʻzbek-tojik chegarasida ochilgan yangi nazorat-oʻtkazuv punktlari haqida hamda Oʻzbekiston-Tojikiston oʻrtasida ochilgan yangi tarix sahifasiga oid xabarlar va tahliliy maqolalar joy egallagan.

Shu vaqtgacha, Oʻzbekiston Tashqi ishlar muassasasi veb-saytida yangiliklar va bayonotlar, shuningdek boshqa materiallar oʻzbek(lotin), rus va ingliz tillarida chop etilar edi.

"2018-yilning 9-mart kuni TIV veb-saytining bosh sahifasida yangi boʻlim ishga tushirildi. Ushbu boʻlim tojik tilidagi oʻquvchilarga oʻz ona tillarida Oʻzbekistondagi asosiy siyosiy voqealar bilan tanishish imkonini beradi. Mazkur boʻlim 1924-yildan buyon chop etilayotgan "Ovozi tojik" («Ovozi toҷik») — Oʻzbekiston Oliy Majlisi va Hukumati gazetasining faol koʻmagida tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi toʻgʻrisidagi yangilik dastlabki maʼlumotlardan biri sifatida ushbu boʻlimga joylashtirildi", — deyiladi TIV xabarida.

Boʻlimda joylashtirilgan eng soʻnggi materiallardan biri "Tashrif samarali boʻldi" deya nomlanadi. Maqolada Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari Tojikistonga davlat tashrifi bilan boʻlgani hamda ushbu tashrif asnosida ikki davlat oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha muhim kelishuvlarga erishilgani, xususan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish boʻyicha ham amaliy qadamlar tashlangani haqida soʻzlangan.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston va Oʻzbekiston rahbarlari oʻtkazgan muzokaralar yakuniga koʻra 27ta muhim hujat imzolanib, ular orasida eng muhimi — bu ikki mamlakat oʻrtasida 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgani boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala