Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?

© Sputnik / Andrey TeshayevUzbekskiye militsionerы
Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
IIBB rahbariga ochiq muloqotda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri "Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?" degan savol bilan murojaat qildi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti hududi har tomonlama himoyalangan, dedi jurnalistlarga 9 mart kuni oʻtkazilgan ochiq muloqot davomida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi Rustam Joʻrayev. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Evakuatsiya avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIBB notoʻgʻri parkovkaga qarshi kurash uchun maxsus avtomajmualarni xarid qilishi mumkin
IIBB rahbariga ochiq muloqotda ishtirok etayotgan jurnalistlardan biri "Toshkent favqulodda vaziyatlardan qanchalik himoyalangan?" degan savol bilan murojaat qilgan edi.

Bu savolga javoban Joʻrayev Oʻzbekiston poytaxtida jinoyatchilikka qarshi kurashda nafaqat IIBB xodimlari, balki Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yordamida kompleks ishlar olib borilishini maʼlum qildi.

"Poytaxt hududi hamma tomonlama himoyalangan, shu bois shahrimizga tashrif buyuradigan mehmonlar bu borada havotir olmasliklari mumkin. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, biz har qanday xavfni bartaraf qilishga tayyormiz", — dedi Joʻrayev.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston FVV sobiq rahbari Rustam Joʻrayev Toshkent IIBB boshligʻi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Mazkur lavozimda Joʻrayev Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosari, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan Bahodir Qurbonovning oʻrnini egallagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala