Hodisalar

Erondagi aviahalokat: Turkiya yoʻlovchi samolyotining barcha qurbonlari jasadlari topildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSamolet
Samolet - Sputnik Oʻzbekiston
Eron Qizil yarimoy jamiyati ayni vaqtda mamlakat hududida halokatga uchragan samolyotning barcha qurbonlari tanalari aniqlangani haqida xabar berdi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Kuni kecha, 11 mart kuni Turkiyaning yoʻlovchi samolyoti Eronning gʻarbiy qismida halokatga uchradi. Aviahalokat oqibatida 11 nafar fuqaro, shu jumladan, 3 nafar ekipaj aʼzolari halok boʻlganligi xabar berildi.

Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
An-26 aviahalokati oqibatida Rossiya 27 nafar zobitidan ayrildi
RIA Novosti xabariga koʻra, layner Birlashgan Arab Amirliklarining Sharji shahridan Istanbulga reysni amalga oshirayotgan boʻlgan. Aviahalokat Chexarmexal va Baxtiyariya provintsiyasida yuz bergan. Yerga kelib urilgandan soʻng havo kemasida yongʻin sodir boʻlgan.

Hozirgacha olingan maʼlumotlarga koʻra, aviahalokatning barcha qurbonlari jasadlari aniqlangan. Fojea — dvigatelda yongʻin kelib chiqqani tufayli yuz bergani aytilmoqda.

Shu paytgacha berilgan maʼlumotlarga koʻra, halokatga ucharagan samolyot bortida turkiyalik taniqli tadbirkorlardan biri Başaran Holding rahbari Xyuseyn Basharanning qizi va uning 7 nafar dugonasi boʻlgan. Sozcu nashri maʼlumotlariga koʻra, 28 yashar Mina Basharan BAAda turmushga uzatilish oldidan dugonalari davrasida "qizlik davri bilan xayrlashuv" kechasini oʻtkazgan. Xabarda qayd etilishicha, Mina 2013 yildan Başaran Holding direktorlar kengashi tarkibiga kiritilgan va uni otasining oʻrnini egallash uchun tayyorlab borishgan.

Eron Qizil yarimoy jamiyati ayni vaqtda oʻz mamlakati hududida halokatga uchragan samolyotning barcha qurbonlari tanalari aniqlangani haqida xabar berdi.

Jamiyat barcha 11 nafar qurbonning tanasi mamlakat sud organlariga yuborilganini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala