Turizm

“Asaka” bank ichki turizm boʻyicha isteʼmol kreditlari taklif qila boshladi

Miqdori 10 million soʻmgacha boʻlgan kredit evaziga, litsenziyasi bor boʻlgan sayyohlik tashkilotlaridan Oʻzbekiston boʻylab sayohat xizmatlari xarid qilish mumkin.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. “Asaka” bank ichki turizm uchun isteʼmol kreditlari taklif qila boshladi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.  

“Asaka” aktsiyadorlik tijorat banki Oʻzbekiston boʻylab sayyoxlik turlarini sotib olish boʻyicha isteʼmol kreditining yangi turi joriy etilganligini eʼlon qiladi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu kredit evaziga Oʻzbekiston boʻylab sayyohlik turlarini sotib olish mumkin boʻladi. Kredit miqdori 10 million soʻmgacha, muddati 3 yilgacha, boshlangʻich badal toʻlovi olinmaydi.  

Kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi doirasida, yaʼni 14% doirasida boʻlishi aytilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala