Jamiyat

FXX Saratovda terrorchilar guruhini yoʻq qildi

© FSB RF / Fotobankka oʻtishFSB RF predotvratila terakt v Saratovskoy oblasti
FSB RF predotvratila terakt v Saratovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jinoyatchilar terakt uyushtirish maqsadida 3 kg trotil ekvivalentiga teng boʻlgan portlovchi moslama tayyorlashgan.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Saratov viloyatida yashirin terrorchilar guruhini aniqladi, deb xabar qilmoqda Russia Today.

11 mart kuni qoʻlga olish vaqtida terrorchilar qurolli qarshilik koʻrsatishgan. Huquqni saqlash organlari vakillari bilan boʻlgan otishmada ikki nafar terrorchi yoʻq qilingan. Terrorchilar avtomobilidan quvvati 3 kg trotil ekvivalentiga teng boʻlgan portlovchi moslama, “TT” va “Makarov” pistoletlari va qoʻlbola granata topilgan.

Eslatib oʻtamiz, oxirgi vaqtda Rossiyaning turli hududlarida bir necha yashirin terrorchilar guruhlari aniqlandi.

Xususan, 6 mart kuni  Maxachkachalada “Rossiyada taʼqiqlangan “Islomiy davlat” terrorchilik guruhining 4 nafar yashirin aʼzolari  hibsga olingan edi. Ular fuqarolarni Suriyaga borib urushda ishtirok etishga daʼvat qilishgani aniqlangan. Terrorchilar yonida koʻp miqdorda portlovchi moddalar va qurol-aslaha topilgan. Ular Shimoliy Kavkaz hududida terakt uyushtirish maqsadida jamlab qoʻyilgani aniqlangan.

Sotrudniki FSB raskrыli zakonspirirovannuyu yacheyku IG v Podmoskovye - Sputnik Oʻzbekiston
Video
FXX Moskvada gavjum joylarda portlash uyushtirmoqchi boʻlgan ID aʼzolarini qoʻlga oldi

1 fevral kuni Nijniy Novgorod shahrida Rossiyada 18 mart – prezident saylovi kuni terakt uyushtirmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olingan. Uning turar joyidan katta quvvatga ega boʻlgan qoʻlbola portlovchi moslama, oʻqotar qurol, oʻq-dori va portlovchi moslamalar yasash uchun ehtiyot qismlar topilgan. Qoʻlga olingan terrorchi MDH mamlakatlaridan birining fuqarosi boʻlgan.

Huquqni saqlash organlari xabariga koʻra, 2017 yilda Rossiyada 25ta teraktning oldi olingan, 17,5 ming nafar xorijiy fuqarolarga, terrorchi va ekstremistik guruhlar bilan aloqa qilishda gumon qilinib, Rossiya hududiga kirishga taʼqiq qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala