Google O‘zbekistonda IT-mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi

© AFP 2023 / TOSHIFUMI KITAMURALogotip Google
Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biroz oldin Inha universiteti talabalari tashabbusi asosida “GDG Tashkent” guruhi tuzilgan edi. Ushbu guruh O‘zbekistonda Google mahsulotlarini rivojlantirish va AT-ta’lim bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Toshkentdagi Inha universiteti va “Google” korporatsiyasi Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda universitet sayti.

Google”ning Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ishlab chiquvchilari bilan ishlash bo‘yicha rahbari Barish Yesugey 2018-yilning 11-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev bilan uchrashdi.

Undan tashqari Yesugey Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Women Techmakers” tadbirida ishtirok etdi. “Women Techmakers” – bu “Google”ning global dasturi bo‘lib, u yuqori texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda sohaga ayollarni jalb etishga mo‘ljallangan.

Logotip Google - Sputnik O‘zbekiston
Google O‘zbekistondagi servislari sifatini oshiradi

Shuningdek, Barish Yesugey O‘zbekistondagi ishlab chiquvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida gapirib berdi. Uning aytishiga qarganda Google O‘zbekistonda qo‘shma o‘quv dasturlari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan AT mutaxassislari tayyorlashda yordam berishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan ikki hafta oldin, Inha universiteti talabalari tashabbusi asosida, “GDG Tashkent” guruhi tuzilgan edi. Ushbu guruh O‘zbekistonda “Google” mahsulotlarini rivojlantirish (targ‘ib qilish) va AT sohasida kadrlar malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuvda kelajakda O‘zbekistonda “Google I/O”, “Women Techmakers”, “DevFest”, “Google Launchpad Accelerator” va shu kabi tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0