Sport inshootlarida oilaviy sektorlar paydo bo‘ladi

© UFFSemeyniy sektor v stadione Lokomotiv
Semeyniy sektor v stadione Lokomotiv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tadbir sportni ommaviylashtirishga qaratilgan bo‘lib, oilaviy sektorlar eng avvalo futbol stadionlarida paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan yaqin vaqt ichida O‘zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda O‘FF.

Oilaviy sektorlar eng avvalo futbol o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlarda joriy qilinadi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, xususan, usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ushbu tashabbus sportni ommaviylashtirishga qaratilgan bo‘lib,  unda bir oilaning yoshu-qari, erkak va ayol a’zolari sport musobaqalarini birgalikda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Ayni damda Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida oilaviy sektorlar mavjud. U yerda tashqil qilingan alohida sektorlarda muxlislar o‘z oila a’zolari bilan birgalikda o‘yinlarni tomosha qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0