Dunyoda

Tojikistonlik amaldorlar har shanba badantarbiya qiladigan boʻldi

Oʻtgan yilning yanvar oyidan boshlab haftada ikki marotaba Tojikiston IIV xodimlari kross va suzish mashgʻulotlari bilan shugʻullanib kelishmoqda. Militsiya xodimlarining sportga vaqt ajratishlarii haqida buyruq vazirlik rahbari Ramazon Rahimzoda tomonidan chiqarilgan

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Tojikistondagi barcha davlat muassasalar va tashkilotlar xodimlari uchun shanba kunlari ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarida qatnashish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Tojikiston Yoshlar va sport masalalari boʻyicha qoʻmita rahbari Axtam Abdullozoda xabar qildi, deb yozgan Sputnik Tojikiston.

Hujjatlar liq toʻla portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tojikistonlik amaldorlarga davlat siyosatini tanqid qilish man etildi
"Tojikiston prezidenti ijro apparati tadbirlar rejasini tasdiqlagan boʻlib, unga koʻra, yil yakuniga qadar har shanba ertalab mamlakatning barcha shahar va tumanlarida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkaziladi", — degan u.

Abdullozodaning soʻzlariga koʻra, shanba kungi badantarbiya tashabbuskorlari — Tojikiston prezidenti ijro apparatidir.

Oʻtgan yilning yanvar oyidan boshlab haftada ikki marotaba Tojikiston IIV xodimlari kross va suzish mashgʻulotlari bilan shugʻullanib kelishmoqda. Militsiya xodimlarining sportga vaqt ajratishi haqida buyruq vazirlik rahbari Ramazon Rahimzoda tomonidan chiqarilgan.

Oʻtgan hafta shanba kuni grafik boʻyicha Tojikiston qurilish va arxitektura qoʻmitasi xizmatchilari badantarbiya mashgʻulotlarini bajarishga chiqishgan.

Kelayotgan shanbada teleradiokanal davlat qoʻmitasi, geodeziya qoʻmitasi, oila va ayollar masalalari qoʻmitasi, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi xodimlari va Pedagogika universiteti talabalari jismoniy tarbiya mashqlarini bajaradilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala