Tolibon Toshkent anjumanida qatnashadimi - Tashqi ishlar vazirligi javobi

© Commons.wikimedia / isafmediaBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n ikkinchi mart holatiga ko‘ra 9ta davlat Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan Toshkent anjumanida ishtirok etishlari haqida o‘z diplomatik kanallari orqali ma’lum qilganlar

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati Reyter agentligining Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro Toshkent anjumanida qurollangan afg‘on oppozitsiyasi, xususan "Tolibon" vakillarining ishtirokiga doir savoliga rasmiy javobni e’lon qildi.

Flagi stran-uchastnis konferensii - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonga bag‘ishlangan yuqori darajali Toshkent anjumani
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoatchilikni ilgariroq ushbu anjumanga kimlar taklif etilganidan xabardor etganligini qayd etib o‘tgan.

"O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan tashkillashtirilayotgan yuqori darajadagi anjumanga BMT Bosh kotibi va tashkilotning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar muassasalari rahbarlari taklif etilganlar. Shuningdek, taklifnoma Qatarga ham yuborilgan", — deyilgan TIV xabarida.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti: "Tolibon"ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi
TIV xabariga ko‘ra, 12-mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar. AQSh tomonidan anjumanda Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.

Anjumanning boshqa ishtirokchilariga doir ma’lumotlar tez vaqtda ma’lum bo‘lishi qo‘shimcha qilingan.

"Tolibon" harakatiga keladigan bo‘lsak, anjuman ishida ularning ishtirok etishiga doir murojaat na Afg‘oniston TIV tomonidan, na ularning o‘zidan kelib tushmagan", — deyilgan TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0