Jamiyat

Toshkentda daraxtlarni koʻchirib oʻtkazadigan mashina paydo boʻldi

© Olga VanayevaV Tashkente poyavilas mashina dlya peresadki derevyev
V Tashkente poyavilas mashina dlya peresadki derevyev - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent koʻchalarida daraxtlarni koʻchirib oʻtkazadigan mashinani suratga olishdi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. Toshkentda daraxtlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirib oʻtkazishga moʻljallangan mashina paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda MyTashkent.uz sayti.

Sayt foydalanuvchisi Olga Vanayeva ushbu mashinaning Toshkent koʻchalari boʻylab hakaratlanayotgani fotosuratni joylashtirgan.

Dunyoda daraxtlarni koʻchirib oʻtkazadigan avtomobillar kamdan-kam boʻlsada uchrab turadi. Maslan, Ukrainada ishlab chiqarilgan “John Graves” nomli avtomobil balandligi 13 metrgacha boʻlgan daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishi mumkin deyilgan. Kanadada ishlab chiqarilgan “Duchman 100” maxsus avtomobili esa — diametri 30 santimetrgacha boʻlgan daraxtlarni koʻchirib oʻtkazishi mumkinligi aytilgan.

Texnik xususiyatlariga koʻra, ushbu avtomobil daraxt tomirini 2,5 metr kubgacha boʻlgan yer bilan birga qazib olish imkoniga ega ekan. Lekin, hech qayerda koʻchirib oʻtkazilgan daraxtlarning necha foizi yangi joyda yaxshi oʻsib ketgani yoki qurib qolgani haqida maʼlumotlar keltirilmagan.

Maʼlumki, aksariyat daraxtlarning tomirlari, ularning shoxlari bilan teng maydonni egallaydi. Forumhousening bogʻbonchilik boʻyicha mutaxassislari fikriga koʻra, daraxt yoshi qancha katta boʻlsa uni koʻchirib oʻtkazish shunchalik xavfli.15 yoshdan oshgan daraxtlar koʻchirib oʻtkazilsa, aksariyat hollarda qurib qolar ekan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala