O‘zbekiston firmalari kredit sifatida qariyb 100 million dollar olishadi

© Pixabay / AlexanderSteinInvestitsii v biznes
Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-moliyaviy sohasini qullab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiya davlat qo‘mitasi va Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiya (ITFC — Islom taraqqiyot banki tuzilmasiga kiradi) 100 million dollar kredit taqdim etish bo‘yicha shartnoma imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti ushbu qo‘mita matbuot xizmatiga tayangan holda.

Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Yapon ishbilarmonlari O‘zbekistondagi investorlar uchun sharoitlar bilan tanishadi

"Shartnoma doirasida ITFC O‘zbekiston kompaniyalariga ikki yil davomida 100 million dollarlik qisqa muddatli kreditlar beriladi", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar bilan savdo-moliyaviy sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi.

"Ushbu shartnoma islom davlatlari O‘zbekiston kichik va o‘rta biznes shartnomalari uchun moliyaviy-savdo resurlaridan foydalanish imkonini beradi", — deb qo‘shimcha qilishdi qo‘mitada.

2003 yilda O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda bank respublikaga sog‘liqni saqlash, ta’lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 26 ta loyiha uchun 1,4 milliard dollar ajratdi.

Yangiliklar lentasi
0