Jamiyat

IIBB notoʻgʻri parkovkaga qarshi kurash uchun maxsus avtomajmualarni xarid qilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishEvakuatsiya avtomobilya
Evakuatsiya avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston
Maxsus qurilmalar avtomashinaga oʻrnatiladi. Ushbu avtomashina belgilangan yoʻnalishda harakatlanib, yoʻl qoidalarini buzgan avtomashinalarning raqamlarni avtomatik tarzda suratga oladi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB notoʻgʻri parkovka qiluvchi haydovchilarga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlamoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Rabota evakuatorov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillarni nima kutmoqda

Koʻrib chiqilayotgan choralardan biri bu — notoʻgʻri parkovkani qayd etuvchi avtomatlashtirilgan majmualarni qoʻllash. Hozirgi kunda Moskvada bunday tizimlar keng foydalanmoqda. Maxsus qurilmalar oddiy avtomashinaga oʻrnatiladi. Ushbu avtomashina belgilangan yoʻnalishda harakatlanib, yoʻl qoidalarini buzgan avtomashinalarning raqamlarni avtomatik tarzda suratga oladi.

Har bir mashinaga belgilangan yoʻnalish belgilab beriladi, GPS yordamida parkovka taqiqlangan joylar aniqlanadi. Avtomashina noqonuniy parkovka zonasiga kirganda, tizim avtomatik tarzda video qayd etishni boshlaydi. Bitta kamera mashinaning umumiy koʻrinishini, ikkinchi kamera esa davlat raqamini suratga oladi.

"Yoʻl harakat qoidabuzarlar bilan kurashishda eng zamonaviy texnologiyalarni qoʻllashni koʻrib chiqmoqdamiz, shu jumladan bu kabi avtomatlashtirilgan majmualar. Bu juda yaxshi tajriba, biz uni hozirgi vaqtda faol ravishda oʻrganmoqdamiz. Bundan tashqari, bizda maxsus qurilmalar bilan jihozlangan avtomashinalar bor. Ular yoʻllarda harakatlanib, tezlikni belgilangan meʼyoridan oshirish qoidabuzarliklarini qayd etmoqda", — deb taʼkidladi, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Toshkent IIBB boshligʻi, general-mayor Rustam Joʻrayev.

Bugungi kunda inspektorlarda huquqbuzarlar bilan kurashish vositalarda ayrim noqulayliklar mavjud. Notoʻgʻri parkovka qilayotgan haydovchilarning soni juda koʻp, evakuatorlar esa kam. Shuning uchun kelgusi vaqtda jarimalarni berish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

"Bu vaziyatdan chiqish eng oddiy yoʻli — bu huquqbuzarlikni mobil telefonga tasvirga olish mumkin. Suratda yoʻl belgisi, avtomashina, vaqt qayd etiladi. Shundan soʻng inspektor evakuatorni chaqiradi va mashina jarima maydoniga olib ketiladi. Yana bir qulay usul — jarima kvitantsiyalarini mashina oyna tozalash qurilmasi ostida qoldirish. Boshqa mamlakatlarda bu usul qoʻllanilganligi sababli biz bugungi kunda koʻrib chiqmoqdamiz, biroq bizning haydovchilarimiz bu kvitantsiyalarni yoʻq qilishlari mumkin", — dedi Joʻrayev.

Uning soʻzlariga koʻra, Toshkent IIBBda huquqbuzarlar bilan kurashish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni tayyorlash uchun ikki oy muddat bor. Keyin choralar yuqori turuvchi organlarga koʻrib chiqish uchun yuboriladi, tasdiqlangandan soʻng bu choralar Toshkent koʻchalarida amal qilishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala