Farg‘onalik yigit Suriyada terrorchilar safida jang qilgani uchun 15-yilga qamaldi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro O‘zbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi operatsiya natijasida Rossiyaga chiqib ketishi oldidan qo‘lga olingan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan fuqaro Abdubosid Axmadjonov Suriyada terrorchilar guruhlari safida jangovar harakatlarda ishtiroki hamda Rossiyada teraktni tashkillashtirishda aloqadorligi tufayli 15-yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

Afganskie politseyskie v Kabule. - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda o‘zbekistonlik ID qo‘mondoni qo‘lga olindi
"Abdubosid Axmadjonov, 1996-yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan, radikal ekstremistik tashkilotlar tarkibida jangovar harakatlarda qatnashgani hamda Rossiya shaharlaridan birida terakt tashkillashtirishda ishtiroki uchun 15-yilga ozodlikdan mahrum etildi", — deb aniqlik kiritgan RIA Novosti nashriga sud vakillaridan biri.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 2012-yilda Turkiyaga pul ishlagani ketib, "Tauxid val-Jihod" radikal guruh vakillari ta’siriga tushib qolgan. 2016-yilning yanvarida Axmadjonov Suriyaga o‘tgan va u yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, avvaliga "Tauxid val-Jihod" radikal guruh, so‘ngra "Imorat Kavkaz" terrorchilik tashkiloti saflarida jangovar harakatlarda qatnasha boshlagan.

Sud davomida ayblanuvchi Suriyada jangarilar safida yuz bergan jiddiy yo‘qotishlardan so‘ng u Turkiyaga qaytishga qaror qilganini tan olgan. Ammo uning oldiga shunda bir shart qo‘yilgan: u 15 ming dollar mukofot evaziga Rossiya shaharlaridan birida terakt tashkillashtirishda ishtirok etishi lozim edi.

Turkiya yerto‘lalarida u portlovchi modda tayyorlash bo‘yicha "kurslar"ni tamomlab, shundan so‘ng Rossiyaga borib, terakt tashkilotchilariga qo‘shilishi kerak edi.

2017 yilning o‘rtalarida O‘zbekiston va Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi operatsiya natijasida Axmadjonov Rossiyaga chiqib ketishi oldidan qo‘lga olinadi. "Sud jarayoni davomida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini ma’lum qildi", — qo‘shimcha qilgan sud vakili.

Yangiliklar lentasi
0