Jamiyat

YPX xodimlariga yashirinish taʼqiqlandi

© UzNews.uzReyd sotrudnikov UBDD Tashkenta
Reyd sotrudnikov UBDD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan buyon yoʻl patrul xizmati xodimlariga qonunbuzarliklarni aniqlash vaqtida yashirinish qatʼiyan taʼqiqlandi.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkentda YPX inspektorlariga xizmat vazifasini oʻtash vaqtida yashirinish qatʼiyan taʼqiqlandi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.

“Toshkent shaxar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻining topshirigʻiga asosan, YPX inspektorlariga daraxtlar va boshqa toʻsiqlar orqasida turib yashirincha xizmat olib borish qatʼiyan taqiqlandi”, — deyilgan muassasa xabarida.

Eslatib oʻtamiz, huquq-tartibot organlarining asosiy vazifasi – qoidabuzarliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlashdir. Yashiringan ichki ishlar xodimi esa, fuqaroni jarimaga tortishni maqsadida, qoidabuzarlik sodir etish uchun sharoit yaratadi.

© Farrux Jabborov/VTYashiringan YPX xodimlari
Sotrudniki UBDD - Sputnik Oʻzbekiston
Yashiringan YPX xodimlari

Biroz oldin IIBB yoʻl patrul xodimlari uchun 2ming donadan ortiq videokameralar sotib olishi mumkinligini va ular yordamida xodimlarning aholi bilan muloqotini videoqayd qilib borilishini xabar qilgan edi. Buyuk Britaniyada videokameralar kiritilishi natijasida politsiya xodimlari ustidan qilinadigan shikoyatlar 93%ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala