O‘zbekiston va Rossiya tez orada Toshkent — Novgorod avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Igor MaslovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyinchalik qatnovlar Buxoro, Nukus, Urganch va Farg‘ona vodiysidan ham yo‘lga qo‘yiladi

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya yaqin oylar ichida Toshkent – Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘yicha birinchi xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Birinchi bosqichda ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakatini Rossiya tomoni ta’minlaydi. Hozirda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi Rossiyaning barcha manfaatdor tashuvchi va mutasaddi organlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Biz Rossiyaga avtobus qatnovini boshqa yo‘nalishlarda ham rivojlantirish niyatidamiz. Qatnovlar nafaqat Toshkentdan, balki boshqa shaharlar, masalan Buxoro, Nukus, Urganch va Farg‘ona vodiysidan yo‘lga qo‘yiladi. Nijniy Novgorodga avtobus qatnovi qachon ochilishining aniq muddatini hozircha aytish qiyin, bu O‘zbekiston va Rossiya tomoniga bog‘liq. Ammo yaqin oylar ichida barcha masalalar hal bo‘ladi", — dedi Sputnik muxbiriga agentlik boshlig‘ining o‘rinbosari Shoalim Shovahobov.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida gapirib o‘tgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya va Qozog‘istonga mehnat qilish maqsadida yo‘lga chiqayotgan fuqarolar yo‘l kira arzonligi uchun avtobusda ketishni ma’qul ko‘rishadi.

Ular tekshiruvdan o‘tmagan eski texnikadan foydalanuvchi xususiy va noqonuniy tashuvchilarga murojaat qilishlari oqibatida turli noxush hodisalar yuz bermoqda. Yaqinda Oqto‘ba viloyatida Rossiyaga ketayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida uning ichida bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0