Jamiyat

Prezident oʻtkazgan yigʻilishda uch mansabdor lavozimidan boʻshatildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 14 marta provel soveщaniye po voprosam razvitiya selskoxozyaystvennogo mashinostroyeniya i obespecheniya agrarnoy otrasli sovremennoy texnikoy.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 marta provel soveщaniye po voprosam razvitiya selskoxozyaystvennogo mashinostroyeniya i obespecheniya agrarnoy otrasli sovremennoy texnikoy. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan taʼminlash borasidagi ishlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Yigʻilishda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish boʻyicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xoʻjaligi texnika bilan 85 foiz taʼminlangani, ularning maʼlum qismi eskirgani, ularni oʻz vaqtida yangilash choralari koʻrilmagani qattiq tanqid qilindi", — deyiladi xabarda.

Yigʻilish davomida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida nazorat qilmagani uchun bosh vazir oʻrinbosari —"Oʻzagrotexsanoatxolding" aktsionerlik jamiyati boshqaruvi raisi N. Otajonovga hayfsan berildi. Ishda yoʻl qoʻygan sustkashliklari uchun "Oʻzagrotexsanoatxolding" aktsionerlik jamiyati boshqaruvi raisi oʻrinbosarlari —"Oʻzagroservis" aktsionerlik jamiyati bosh direktori R. Ahmedov, "Oʻzagrolizing" aktsionerlik jamiyati bosh direktori X. Imamov, Vazirlar Mahkamasi Axborot tahlil departamenti mudiri A. Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani toʻliq yetkazib berishni qattiq nazoartga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2016 yil 17 noyabrdagi "Oʻzagrotexsanoatxolding" aktsiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.

2017 yilda qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yangiliklar lentasi
0