Video

Bishkekda 1,5 tonnalik beshbarmoq tayyorlash uchun 9 bosh ot soʻyildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir yarim tonnalik beshbarmoq va 117 metrlik chuchuk Ginnes rekordlari kitobiga kirishi mumkin.

Tashkilotchilar ulkan taomni Bishkekning markaziy maydonida tayyorlamoqchi boʻlishdi. Biroq hokimiyat vakillari tomonidan yoʻllarda tirbandliklarni oldini olish va sanitariya qoidalari buzilmasligi uchun markaziy maydonda bu tadbirni amalga oshirishga ruxsat berilmadi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.

Shu bois Beshbarmoq "Ayu grand" savdo markazi hududida tayyorlandi.

Ulkan taom tayyorlash uchun 9 bosh ot goʻshti kerak boʻldi. Oshpazlar goʻshtni bir kun avval Ginnes rekordlari kitobi vakillari kuzatuvi ostida pishirishni boshlashdi.

Beshbarmoq 650 kg mayda toʻralgan goʻsht va 700 kg xamirdan tayyorlandi. Taom tayyorlashda 40 ta oshpaz va 30 ta yordamchilar mehnat qildi.

Tayyor taomning vazni 1 464 kiloni tashkil qildi. Beshbarmoq mehmonlar va muhtojlarga tarqatildi.

Yangiliklar lentasi
0