Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi oʻyinga toʻrt murabbiy boshchiligida tushadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu v tovariщeskom matche s komandoy OAE
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovariщeskom matche s komandoy OAE - Sputnik Oʻzbekiston
Murabbiylar kengashidan "Bunyodkor" klubi ustozi Mirjalol Qosimov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev joy olgan

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Marokashga murabbiylar kengashi olib boradi, deb xabar berdi OʻFA.

Temur Kapadze - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Temur Kapadze Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy boʻldi

Xabarda aytilishicha, oʻrtoqlik oʻyinlariga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yoʻqligini inobatga olgan holda, tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Kapadzega Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boʻlajak oʻrtoqlik oʻyinlariga tayyorlashga yordam beradi.

"Murabbiylar kengashidan "Bunyodkor" klubi ustozi Mirjalol Qosimov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev joy olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yigʻinni boshlashadi, keyin esa Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Roʻziqul Berdiyev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yoʻl olishadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 23 va 27 mart kunlari Afrikaning ikkita kuchli terma jamoasi Senegal va Marokash terma jamoalari bilan safarda oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala